O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shisha bilan zarba

Surxondaryo viloyati. 2022 yil 22 fevral kuni soat 22:00 larda Boysun tuman tibbiyot birlashmasidan tuman IIB “102” raqamiga tushgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli E.D. olgan tan jarohatlari bilan Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, Sariosiyo tuman “Shaxriobod” mahallasi hududidan o‘tib ketayotgan vaqtida, nomaʼlum shaxs uni urib tan jarohati yetkazganligini bayon qilganligini maʼlum qilishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, joriy yilning 22 fevral soat 22.00 larda 32 yoshli N.S. Sariosiyo tumani Shahriobod mahallasida bo‘la turib, shu mahalla hududida mast holatda bo‘lgan tanishi E.D.,ni uchratib, u bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh qismiga shisha idish bilan urib jarohat yetkazganligi maʼlum bo‘lgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo viloyati filiali Sariosiyo tuman punktining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, E.D.ga “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” turdagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech