O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sherikchilikmi yoki firibgarning nayrangimi, buni endi tergov aniqlaydi

Toshkent viloyati. Bo‘stonliq tumani, Xumson ko‘chasida yashovchi 33 yoshli M.N., Bo‘stonliq tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning oktyabr oyidan 2021 yil 26 dekabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tanishi 29 yoshli S.D., unga maishiy texnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanishini, ushbu turdagi faoliyati uchun “pul aylantirish” hamda tushgan foydaga sherik qilishni vaʼda berib, uni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan, jami 17.700 AQSH dollari va 183 mln. so‘m miqdoridagi pullarini olib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib, pullarni qaytarmay kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha M.N.,dan jami olingan pullar S.D. tomonidan qay tarzda va nimalarga ishlatib yuborilganligi aniqlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oson pul topish ilinjida, misqollab yiqqan pullaringizni kimga va nima uchun o‘z qo‘llaringiz bilan topshirayotganligingizga ahamiyat bering.

Yodingizda tuting firibgarlar Sizni ishontirish uchun turli hiylalarni qo‘llashlari mumkin. Ogoh bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech