O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sartaroshxona niqobi ostidagi “qimorxona”

Samarqand viloyati. 2022 yil 19 fevral kuni soat 17:20da Samarqand viloyati IIB XPB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Payariq tumani “Mani” qishlog‘ida yashovchi 36 yoshli T.O. mahallasidagi binoni sartaroshxona sifatida faoliyat olib borish uchun ijaraga olib, u yerda noqonuniy ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan “Loto” o‘yinini tashkil qilib, mahalladoshlariga “loto” o‘yini o‘ynashiga shart-sharoit yaratib, har bir yutuqdan 4000 so‘mdan o‘ziga “cho‘tal” joy puli olib, o‘yin o‘tqazayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida T.O. tomonidan noqonuniy tashkil etilgan tavakkalchilikka asoslangan “Loto” qimor o‘yinida jami 70.000 so‘m pullar hamda o‘yin davrasida bo‘lgan 3.000 so‘m pullar va “Loto” uyini o‘ynash uchun mo‘ljallangan 26 dona jeton(karta) va 90 dona “Loto” toshlari aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech