O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichkilikbozlik va janjalning natijasi

Qashqadaryo. 2020 yilning 04 mart kuni soat 21:30da Mirishkor tumani Yangiariq mahallasida 22 yoshli X.J. va 36 yoshli E.S. mast xolatda boʼla turib, oʼzaro janjallashishlari oqibatida X.J. musht bilan E.S.ning yuziga urgan va E.S. boshi bilan yerga yiqilib, tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirishkor tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (ogʼir tan jarohatlari yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. X.J. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech