O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Ko‘chada pulini almashtiraman” deb talonchilarga duch keldi

Toshkent shahri. 2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:30 larda nomaʼlum shaxslar Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan “Mustang” AYOQSH oldida 24 yoshli Ahad M.,ga 3 000 AQSH dollarini Xitoy pul birligi “yuan”ga almashtirib berishga kelishib, ulardan biri 3 000 AQSH dollarini sanab olayotgan vaqtida yonidagi sherigi Ahad M.,ning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, ushbu pullarni qo‘lga kiritib hodisa joyidan qochib ketganlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari jarayonida, ushbu jinoyatni 21 yoshli Abdulboqiy A., “Laziz” va “Shahboz” ismli shaxslar sodir qilganliklari aniqlanib,  Abdulboqiy A., jami 800 AQSH dollar pul mablag‘lari bilan ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Abdulboqiy A., “Laziz” va “Shahboz” ismli shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda “Laziz” va “Shahboz” ismli shaxslarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. 

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech