Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosqinchilik sodir etib hech narsa topa olmagan bosqinchilar 

Toshkent viloyati. 2021 yilning 23 may kuni 33 yoshli S.Abdugaffar Chinoz tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 21 may kunidan 22 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:15 larda nomaʼlum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Chinoz tumani Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirib, turmush o‘rtog‘i 33 yoshli S.Zebo va uning o‘ziga hujum qilib, urib do‘pposlab, pul berishlarini talab qilib, uydan hech narsa topa olmaganliklaridan so‘ng hodisa joyidan yashiringanliklarini, ushbu fuqarolarni aniqlab qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Chinoz tumanida yashovchi 44 yoshli I.Abror, A.Farhod, R.Dilmurat, 25 yoshli B.Shoxidjon, 19 yoshli B.Bahodirjonlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan 2 dona qora niqob, 1 dona sport kepkasi, 1 dona skotch o‘rami ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.Abror, A.Farhod, R.Dilmurat, B.Shoxidjon va B.Bahodirjonlar protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech