O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Katta miqdordagi giyohvanlik vositalari oʼtkazishning oldi olindi.

Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 11:30larda IIB xodimlari tomonidan Termiz shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Аfgʼoniston Respublikasi fuqaro 52 yoshli N.А., 98,50 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 14.000.000 soʼm evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tekshiruv jarayonida, N.А., ushbu giyohvandlik vositasini belgilangan bojxona nazoratidan yashirin ravishda Oʼzbekiston Respublikasi hududiga olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda yoʼli bilan katta miqdordagi giyohvandlik vositasini oʼtkazish) va JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (katta miqdordagi giyohvandlik vositasini oʼtkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida N.А.,ga nisbatan ayblov eʼlon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech