O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yana bir ogʼufurushning harakatiga chek qoʼyildiYana bir ogʼufurushning harakatiga chek qoʼyildi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 06 may kuni soat 11:30 da “Qora dori-2020” tadbiri oʼtkazish davomida IIB xodimlari tomonidan Oqqoʼrgʼon tumani “Birlik” MFY da yashovchi 55 yoshli B.Q., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, yashash xonasining deraza tokchasida va hovlisida jami 279 tup giyohvandlik oʼsimliklari parvarishlanib kelinayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, B.Q.,ning uyidan olingan oʼsimliklardan 254 tupi “koʼknor”, 12 tupi “kannabis” giyohvandlik oʼsimliklari ekanligi, qolgan 13 tup oʼsimliklar esa hali kichkina boʼlganligi sababli, ularning tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar mavjud emasligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Oqqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan B.Q., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddasi 5-qismi (koʼp miqdordagi giyovandlik vositalarini oʼtkazish maqsadini koʼzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida B.Q., gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik asr vabosi, buning oqibati nafaqat oʼzingizga balki oila aʼzolaringiz hamda jamiyatning boshqa aʼzolariga ham salbiy taʼsir qilishini unutmang.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech