O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Arnasoyda dizel' yoqulg‘isini o‘g‘irligi bo‘yicha batafsil ma'lumotArnasoyda dizel' yoqulg‘isini o‘g‘irligi bo‘yicha batafsil ma'lumot

Jizzax. 2020 yilning 19 may kuni Arnasoy tuman IIB ga 39 yoshli X.T. ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 18 may kunidan 19 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar, Arnasoy tumani Bo‘ston QFY xududida joylshagan “Turon” fermer xo‘jaligiga tegishli dala shiyponida  turgan yoqilig‘i saqlash bochkasida mavjud bo‘lgan umumiy qiymati 28.951.160 so‘mlik jami 5.000 litr dizel' yoqilg‘isini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilganda fermer xo‘jaligi dala maydonidagi shiyponda xaqiqatdan joylashgan 10 tonna sig‘imli bochka mavjudligi, bochkaning tag qismida metaladan yasalgan g‘ilofining qulfi ochiq xolatdaligi, bochkaning orqa tomonida ikki dona xajmi 20 litrli yoqilg‘i solish uchun mo‘ljallangan yelim  idishlar, ular yonida 20 metr uzunlikdagi kapron quvur, 40 sm. li, 2 dona rezina shlanglar aniqlanib ashyoviy dalillar tariqasida xujjatlashtirib olindi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 40 yoshli O.M., 29 yoshli O.I., 43 yoshli   O.Q. va 28 yoshli I.T., lar o‘zaro til biriktirib, taksi xaydovchisi O.Q., ning boshqaruvidagi “Nexia” rusmli avtomashinada I.T. va O.I., lar bilan birgalikta, O.M. esa boshqaruvida bo‘lgan “GAZ-53” rusmli yuk mashinasiga dizel' yoqilg‘isini o‘g‘irlab ketish uchun lozim bo‘ladigan 20 litr xajmli 170 dona yelim idishlar va 20 metrli kapron quvur ortib sheriklari bilan izma-iz Turon fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib, atrofni kuzatib xech kim yo‘qligiga ishonch xosil qilganidan keyin soat taxminan 22:00dan 01:00 ga qadar bochkadagi dizel' yoqilg‘isini oldin yelim idishlarni to‘ldirib, bir joyga yig‘ib olib o‘g‘irlab ketganlar.

Xolat yuzasidan Arnsoy tumani IIV huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublkasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech