O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida qalbaki pullar aniqlandi.

Ohangaron. 2020 yil 13 yanvar kuni “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Ohangaron tumani IIB YPX xodimlari tomonidan Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro 33 yoshli U.M.ning boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasi to‘xtatib tekshirilgan vaqtda, yo‘lovchi 22 yoshli I.S.ning yonidan 1 (bir) dona 100 AQSh dollari va 2 (ikki) dona 50 AQSh dollari kupyurasidagi hamda 23 yoshli T.X.ning yonidan 21 (yigirma bir) dona 50 AQSh dollari va 2 (ikki) dona 100 AQSh dollari kupyurasidagi pullari borligi aniqlanib, umumiy 1.450 AQSh dollari miqdoridagi pullar shubha tug‘dirganligi sababli tekshirib ko‘rishlik uchun ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-texnik ekspertiza xulosasida, I.S. va T.X.lardan olingan 1.450 AQSh dollari miqdoridagi pullar qalbaki ekanligi va AQShda ishlab chiqarilgan nominal pul kupyurasiga mos kelmasligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda U.M. va T.X.lar prosessual tartibda ushlanganlar.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech