O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanishini tayyoq bilan urib unga ogʼir tan jarohati yetkazdi

Toshkent viloyati. 2020 yil 30 may kuni soat 18:00 da 30 yoshli J.B., Olmaliq shahar Poklonskaya koʼchasida joylashgan uylar oldida, tanishi 32 yoshli S.D., bilan oʼzaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan, janjal oqibatida J.B., tayoq bilan S.D., ni bosh qismiga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda S.D., olgan tan jarohati bilan Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga murojat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan J.B.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech