O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Sariosiyo tumanidagi janjal holatlari aks etgan videolavha yuzasidan

Surxondaryo. 2020 yilning 21 iyunь kuni soat 17:30 da Sariosiyo tumani “Lutfikor” mahallasidan oʼtuvchi Sariosiyo-Uzun yoʼnalishidagi avtomobilь yoʼlida 31 yoshli M.Ya., oʼzining boshqaruvida boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtida oʼzi bilan bir yoʼnalishda 21 yoshli R.M., ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina bilan oʼzaro bir-biriga yoʼl bermasligi oqibatida oʼzaro tortishib qolib, ushbu hududga yaqin boʼlgan M.Ya., ning amakisi 55 yoshli O.Ya., ning yashash uyi yoniga toʼxtab, avtomashinadan R.M. va uning ukasi 18 yoshli U.M., lar tushib fuqaro M.Ya. va uning amakisi O.Ya., lar bilan oʼzaro tortishib janjallashib bir-birlariga qasddan tan jarohati yetkazishgan.

Shu kunning oʼzida soat 18:30 da fuqaro R.M., ukasi U.M., otasi 41 yoshli O.X. va amakisi 32 yoshli X.O., lar, fuqaro O.Ya., ning yashash uyiga borib, O.Ya., ning qarindoshi boʼlgan 31 yoshli O.N., ning tanasining duch kelgan joylariga qasddan urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan soʼng, soat 20:20 da M.Ya. va uning janjaldan xabar topgan 5 nafar qarindoshlari birgalikda O.X., ga tegishli boʼlgan kichik korxonasi binosi oldiga borib, O.X. va uning oʼgʼillari R.M., U.M., larni qoʼl va oyoqlari bilan badanlarining turli sohalariga qasddan urib tan jarohatlari yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatish choralari koʼrilmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech