O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Katta miqdordagi giyohvandlik vositasi ushlandi.

Andijon viloyati. 2020 yilning 02 mart kuni taxminan 11:00larda Andijon viloyati IIB va DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Marxamat tumanida 41 yoshli O.T., ning boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasi to‘xtatib tekshirilganida, salonida 99,77 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Tekshiruv jarayonida O.T. ushbu giyohvandlik vositasini tanishi 34 yoshli S.K.dan olganligi va ushbu giyohvandlik vositasini 1.000 AQSh dollariga sotib olishi lozim bo‘lgan 51 yoshli K.A.ning buyurtmasiga asosan olib ketayotganligini ma'lum bo‘lgan.

Olingan ma'lumotga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, A.K. 1.000 AQSh dollari evaziga O.T.dan ushbu giyohvandlik vositasini sotib olayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bundan tashqari S.K.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, jami 182,92 gramm giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Shu tariqada tadbir jarayonida jami 282,69 gramm giyohvandlik vositasi va 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marxamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddas 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari o‘tkazish) bilan, O.T. va K.A.larga nisbatan JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari o‘tkazishga suiqasd qilish) ayblov e'lon qilingan. Dastlabki tergov davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech