O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Do‘konga o‘g‘irlikka tushib, javobgarlikdan yashirinib yurgan shaxs ushlandi.

Andijon. 2019 yil 01 dekabr kuni taxminan soat 02:00 larda noma'lum shaxs Andijon shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, undan fuqaro 27 yoshli D.A.ga tegishli umumiy bahosi 2.060 AQSh dollarlik turli xildagi parfyumeriya mahsulotlari hamda 17.000.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 01 dekabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi 20 yoshli B.M., sodir etganligi aniklangan va undan parfyumeriya mahsulotlari, talon-taroj qilingan pullarning bir qismi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

2019 yil 09 dekabr kuni B.M.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan va “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech