O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan ayol, yana sud oldida javob beradi

Andijon viloyati. 2021 yil iyul oyda muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan 47 yoshli X.O. (ayol) o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Andijon shahar Qo‘shariq dahasida yashovchi 42 yoshli A.I.,ni (ayol) ishonchiga kirib, uni aldab, Asaka shahrida joylashgan “GM” O‘zbekiston avtomobil zavodidan chiqayotgan “NEXIA-3” avtomashinasidan olib berishini aytib, undan jami 18.600.000 so‘m pullarni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech