O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Binolarni sotuvchi firibgar aniqlandi.

Xorazm. Fuqaro 44 yoshli G.R., 2017 yilning iyun oyidan sentyabr' oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 50 yoshli O.R.ning ishonchiga kirib, unga Urganch tumani joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan 700 kv.m. maydonli noturar binoni sotishini aytib, O.R.ni aldab, undan jami 59.400.000 so‘m va 3.700 AQSh dollar pullarini olib, O.R.ga 700 kv.m. noturar binoni bermasdan, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari G.R., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro 44 yoshli B.T.ga har biri 288 kv.m.li ikkita binolarni jami 11.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, undan jami 24.400.000 so‘m va 2.200 AQSh dollar pullarini olib, B.T.ga noturar binoni bermasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, qasddan firibgarlik jinoyatlarini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O.R. va boshqalarning arizasiga ko‘ra Urganch tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2020 yil 23 yanvar' kuni fuqaro G.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech