O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holda bo‘lgan shaxslar o‘ziga yo‘l bermagani uchun haydovchini yo‘lini to‘sib so‘ng uni tunadi

Namangan. 2020 yilning 25 sentyabr kuni soat 01:00 da 30 yoshli A.X., “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib, Yangiqo‘rg‘on tumanidan Kosonsoy tumani tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida “Lada-Samara” rusumli avtomashinada bo‘lgan 4 nafar nomaʼlum shaxslar, uni yo‘lini kesib to‘xtatib, yuz qismiga qo‘li bilan urib, avtomashinasida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Red Mi-5” rusumli uyali telefon apparati va 1.000.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarini olib, hodisa joyidan yashiringan

Holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 28 yoshli M.S., 26 yoshli J.U., 28 yoshli D.J. va 30 yoshli M.A.,lar sodir etganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov jarayonida, M.A., dan “Red Mi-5” rusumli uyali telefon apparati, M.S., dan 150.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech