O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Temir panjaralar” uchun sodir etilgan o‘g‘irlik fosh etildi

Surxondaryo viloyati. 2021 yil 12 fevral kuni nomaʼlum shaxslar joriy yilning 26 yanvar kuni Termiz tumani “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan 49 yoshli Bayramali M., ga tegishli “Xalqobod ochiq dala” bo‘limining atrofini o‘rash uchun o‘rnatilgan jami narxi 25.915.000 so‘mlik 73 dona temir panjaralar yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 30 yoshli Oybek J., 28 yoshli Siroj B., 39 yoshli Ilhom R.,29 yoshli Ortiq X., va 24 yoshli Nurali X.,lar sodir etganliklari aniqlanib,  ulardan 70 dona temir panjaralar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oybek J., Siroj B., Ilhom R., Ortiq X., va Nurali X.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech