O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yarim kvadrat metr

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 17 may kuni soat 13:30 larda Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “qora dori” tadbiri davomida, Shahrisabz shahar Chilonzor mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro Q.Toshpo‘latning xonadonining tomorqa qismi ko‘zdan kechirilganda, eski oshxonasining yonida 50x50sm bo‘lgan ko‘zdan pana joyda o‘tkir hidli yashil rangli o‘simliklarni parvarishlab o‘stirayotganligi aniqlangan va Q.Toshpo‘lat o‘zining ixtiyori bilan 3 o‘ramda bo‘lgan o‘tkir hidli o‘simliklarni IIB xodimlariga topshirib, ushbu o‘simliklar “NASHA” ekanligini, o‘zi chekish yo‘li bilan isteʼmol qilishini maʼlum qilgan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida asosan fuqaro Q.Toshpo‘latning xonadoniga ekilgan sof og‘irligi 0,73 grammga teng “kannabis” va sof og‘irligi jami 6,43 grammli 3 o‘ramdagi o‘simlik esa “marixuana” giyohvand moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddasi 2-qismi “B” bandi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech