O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda “blogerlarga nisbatan hujum boshlandi” sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvir yuzasidan maʼlumot

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida IIB xodimlari tomonidan “Sattoriy Otabek” ismli blogerning yashash xonadonida tintuv o‘tkazish yuzasidan ruxsat berilganligi, unga nisbatan xodimlar “rezultat” uchun bironta tuhmatni qo‘yish maqsadida o‘z uyidan kuch ishlatilib bosib olib ketilganligi bayon qilingan. Aslida voqea qanday bo‘lgan?!

2021 yil 29 yanvar kuni Sherobod tumani “Qo‘rg‘on” MFYda yashovchi fuqaro Lochin T., ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning dekabr oyida Sherobod tuman hokimligi tomonidan u rahbarlik qiladigan Sherobod tumanida joylashgan “Chinora Gul baraka” dehqon bozorida oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etish topshirig‘i berilganligini, ushbu yarmarkadagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida o‘zini “bloger Sattoriy Otabek” deb tanishtirgan shaxs kelib, bozordagi ushbu kamchiliklarni qo‘l telefoniga tasvirga olgan va 2021 yil 28 yanvar kuni bloger Otabek unga qo‘ng‘iroq qilib, bozorni videotasvirga olish jarayonida o‘zi foydalanib yurgan “RedMI-5” rusumli uyali telefon apparati sinib qolganligini, agarda unga bir dona yangi “Vivo-X50” rusumli uyali telefon apparatini sotib olib bermasa, bozordagi salbiy holatlar tushirilgan videotasvirlarni internet ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib yuborishi bilan tahdid qilayotganligi yuzasidan “bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab, “bloger Otabek Sattoriy” bilan bo‘lgan so‘zlashuvlarni taqdim qilgan.

Olib borilgan tezkor-tadbir davomida, fuqaro Otabek S. Lochin T.dan  uyining oldida tovlamachilik yo‘li bilan maxsus kimyoviy ishlov berilgan bir dona narxi 5.040.000 so‘m bo‘lgan “Vivo-X50” rusumli uyali telefon apparatini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro Otabek Sattoriyga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, bu kabi yolg‘on xabarlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi  kodeksining 202-2-moddasi va Jinoyat kodeksining  244-6-moddasi “Yolg‘on axborot tarqatish” kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o‘tamiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech