O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xususiy korxonada sodir etilgan o‘g‘irlik fosh bo‘ldi

Namangan viloyati. 2022 yil 15 may kuni To‘raqo‘rg‘on tuman Namangan yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p tarmoqli savdo ishlab chiqarish xususiy korxonasining ish boshqaruvchisi, 38 yoshli A.V. shahar IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 13 may kuni soat 20:20 larda nomaʼlum shaxslar ushbu korxonaning orqa darvozasi devoridan oshib o‘tib, omborxonaning eshik qulfini buzgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, u yerda bo‘lgan 4300 dona narxi 100.000.000 so‘mlik bolalar kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, mazkur jinoyatni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan 40 yoshli K.M., 26 yoshli J.Ya. hamda 35 yoshli Q.Z.lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov davomida qonunbuzarlardan o‘g‘irlangan mol-mulklarni taqdiri so‘ralganda, ularni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi Q.K.ga olib borib 16 mln. so‘m pulga sotib yuborganliklarini maʼlum qilishib, Q.K.dan mazkur kiyim-kechaklar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech