O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Boʼstonliqda bezorilik: pichoq va beyzboll bitasi jinoyat quroli

Toshkent viloyati. 2020 yil 09 iyunь kuni soat 15:30 da 28 yoshli F.T., tanishi 24 yoshli Gʼ.N., bilan bir guruh boʼlib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 24 yoshli X.E., ni jamoat joyi hisoblanuvchi Boʼstonliq tumani, Doʼstlik mahallasi hududida joylashgan «Аlash ota» nomli toʼyxona yoniga chaqirib, uni uyatli soʼzlar bilan soʼkib-haqoratlab, yonidagi kishining sogʼligʼi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʼlgan pichoqni qurol sifatida namoyish qilib, qoʼrqitib, Gʼ.N. mazkur pichoq bilan X.E., ga tan jarohati yetkazgan. Oʼz navbatida shu vaqtda F.T., oʼzining jinoiy harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganligini anglagan holda, metalldan ishlangan beyzboll bitasi bilan 24 yoshli X.E.,ning boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinani orqa chap tomon yoritgich chirogʼini urib sindirib, bezorilik jinoyatini sodir etgan.

Natijada X.E., olgan tan jarohatlari bilan Boʼstonliq tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, F.T., dan bir dona metalldan ishlangan beyzboll bitasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga koʼra, X.E., ga “engil” tan jarohatlari yetkazilganligi koʼrsatilgan.

Holat yuzasidan Boʼstonliq tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, Gʼ.N., ga Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan, sovuq qurol yoki kishining sogʼligʼi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʼlgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qoʼllash bilan qoʼrqitib yoxud qoʼllab sodir etilgan bezorilik) bilan, F.T., ga esa JKning 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech