O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Eshik ochiq, kalit o‘t oldirish joyida ekan: "egasiga kerak bo‘lmasa, menga kerak" deb o‘ylab xato qildi

Toshkent shahri. 2021 yilning 07 yanvar kuni taxminan soat 11:30 dan 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxs transport vositasini olib qochish maqsadida, Chilonzor tumani TXAY ko‘chasining “Toshkent savdo markazi” bozoriga tutashgan qismida bo‘la turib, shu yerda qarovsiz qoldirilgan, 35 yoshli Asror K.,ga tegishli bo‘lgan oq rangli “NEXIA 2” rusumli avtomashinasining eshigi qulflanmasdan ochiq holda turganligidan foydalanib, mazkur avtoulovni boshqarib, nomaʼlum tomonga olib qochib ketgan.                   

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida oq rangli “NEXIA 2” rusumli avtomashina Toshkent viloyati Bekobod tumani  hududidan texnik soz holatda topilgan va ushbu jinoyatni 36 yoshli Sherzod X. sodir etganligi aniqlangan.   

 Dastlabki tergov jarayonida Sherzod X., protsessual tartibda ushlanib unga nisbatan ayblov eʼlon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

 Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befark bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech