O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganda YTH, qurbonlar bor

Namangan. 2020 yilning 03 sentyabr kuni soat 10:00 da haydovchi 39 yoshli B.U., boshqaruvida bo‘lgan “BMW” rusumli avtomashinasida Chust tumani Varzik-Qoraqo‘rg‘on avtomobil yo‘li bo‘ylab Varzik yo‘nalishining 1-kilometrida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning chap tomonidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida avtomashinada bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi yaʼni 33 yoshli M.U. va uning qizi voyaga yetmagan 3 yoshli R.U.,lar hodisa joyida vafot etgan, haydovchi va 3 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

YTH sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi chiqib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech