O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yuk mashinasi ishtirokida YTH, vafot etganlar bor.

Surxоndаryo. 2020 yil 15 aprel kuni soat 22:30 da 4-R 102 avtomobilь yoʼlining Аngor tumani “Ilgʼor” mahallasi hududidan oʼtuvchi 16 km.da, 22 yoshli J.T., oʼzining boshqaruvida boʼlgan “ISUZU” rusumli avtomashinasini Jarqoʼrgʼon-Аngor yoʼnalishi boʼyicha boshqarib kelayotib, oʼziga qarama-qarshi yoʼnalishdan harakatlanib kelayotgan 20 yoshli J.А., boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinaning yoʼliga chiqib ketib, yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi J.А., tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Аngor tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech