O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oldindan davom etib kelgan kelishmovchilik 2 avtomashina yoqib yuborilishiga sabab boʼldi

Buxoro. 2020 yilning 12 mart kunidan 13 mart kuniga oʼtar kechasi 22 yoshli I.J., oʼzining 21 yoshli tanishi Z.J., bilan oldindan oʼzaro jinoiy til biriktirib, Gʼijduvon tumani “Boʼlakiyon” mahallasida yashovchi 61 yoshli Gʼ.T., bilan oldindan kir yuvish kukuni savdosi masalasida oʼzaro kelishmovchiligi boʼlganligi sababli Gʼ.T.,ga tegishli boʼlgan uning yashash hovlisi oldida turgan “Captiva” va “Ford Tranzit” rusumli avtomashinalari ustiga benzin sepib oʼt qoʼyib yuborib, unga koʼp miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa sodir boʼlgan joyidan yashiringanlar.

Holat yuzasidan Gʼijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan J.I. va J.Z.,larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech