O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chopqi yordamida egallab olingan “Spark”

Namangan viloyati. Joriy yilning 20 mart kuni soat 15:45 larda 34 yoshli Yu.Yo. mast holda Namangan tumanida joylashgan “Sarbon” nomli oshxonaning avtomashinalar turargohda 28 yoshli tanishi Yu.X.,ni “Spark” rusumli avtomashinasini ko‘rib qolib, avtomashinani olib qochmoqchi bo‘lganida, unda yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 31 yoshli T.J.ni ko‘rib qolib, unga avtomashinadan tushishni talab qilib, avtomashinani olib ketishini aytganida T.J. uning jinoiy harakatlarini oldini olishga harakat qilgan vaqtida Yu.Yo. qo‘lida bo‘lgan chopqini namoyish qilib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, avtomashinani bosqinchilik yo‘li bilan olib qochganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida Yu.Yo. avtomashinani Namangan tumani Xonobod MFY hududida boshqarib ketayotgan vaqtida Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, undan “Spark” rusumli avtomashina hamda avtomashina salonida bo‘lgan 1 dona chopqi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Yu.Yo.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 3-qismi “v” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘nga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganida, tergov davomida qonunbuzar bilan olib borilgan tergov harakatlari natijasida, Yu.Yo. bilan jabrlanuvchining o‘rtasida avvaldan kelishmovchilik bo‘lganligi, u tanishining avtomashinasini olib qochib, shu tarzda uni yalintirib, kechirim so‘rashga majbur qilmoqchi bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech