Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayolning shaʼni saqlab qolindi, uni sharmanda qilmoqchi bo‘lgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi

Surxondaryo viloyati. 2021 yilning 04 fevral kuni soat 15:00 da  40 yoshli Nodira B., ning arizasiga asosan IIB xodimlari tomonidan Denov tumanidagi MFY.,lardan birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 31 yoshli Baxrom U., Nodira B.,ning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlariga tarqatmasligi va uning Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan turmush o‘rtog‘iga “Telegram”  messendjeri orqali yubormasligi hamda o‘ziga tegishli uyali telefon apparatidan o‘chirib yuborishi evaziga 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilib, tovlamachilik yo‘li bilan Nodira B.,dan 5.200.000 so‘m pullarni  olayotgan vaqtida ushlanib,  ushbu pullar Baxrom U.,dan  ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bahrom U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech