O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosqinchilik jinoyatiga qo‘l urgan yigitcha endilikda qonun oldida javob beradi

Toshkent shahar. 2022 yil 20 aprel kuni soat 23:40da nomaʼlum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumani “Sodiq Azimov” ko‘chasida joylashgan avtobekat orqasida ketayotgan 22 yoshli Sh.E.ni to‘xtatib, qo‘lida bo‘lgan nomaʼlum buyum bilan uni qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan qora rangli barsetkasini, 950.000 so‘m pullarini va 300.000 so‘mlik quloqchinlarini bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Qashqadaryo viloyatida yashovchi 35 yoshli K.A. sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli qora rangli barsetka, 950.000 so‘m pul hamda quloqchinlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech