O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Bitsimplex” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Bitsimplex” MCHJ mansabdor shaxslari nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakunlandi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari orqali “Bitsimplex” MCHJ tomonidan jabr ko‘rgan Xorazm viloyatida yashovchi fuqarolar eʼtiborsiz kolgani xaqida xabarlar tarqalmoqda.

Maʼlumot uchun: O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida aniqlanishicha Б.Ғ.04.01.2019 yilda treyding, kriptovalyuta mayningi, kripto birjalar faoliyati, IT texnologiyalar doirasidagi yuqori daromadli va boshqa innovatsion loyihalarga xususan “Blockchain” texnologiyalari doirasida kriptoaktivlarga hissa qo‘shish orqali daromad olish maqsadida “Bitsimplex” MCHJni taʼsis etib, viloyatlarda jamiyatni ofislarini tashkil qilib, ushbu ofislarga S.E., L.S., R.R. va Ch.K., larni norasmiy rahbar etib tayinlab, ular orqali investitsiya kiritish uchun fuqarolarga mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, kriptoaktivlarga hissa qo‘shish orqali daromad olishlarini vaʼda etgan xolda fuqarolar bilan yillik 48-55% ustama haqi to‘lash sharti asosida 205 nafar fuqarolardan (Xorazm viloyatida yashovchi fukarolar xam bor) shartnoma asosida umumiy hisobda 13,0 mlrd. so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritganlar.

Tergov davomida B.G. va uning sheriklari S.E., L.S., R.R. va Ch.K., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan ayblov eʼlon qilinib, ularga nisbatan ehtiyot chorasi tanlangan.

Tergov davomida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni qoplanishini taʼminlash uchun 23,0 mlrd. so‘mlik pul mablag‘lar va mol-mulk xatlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi tuzilgan va tegishli sudlov organiga yuborish masalasini hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan.

Hozirda “Bitsimplex” MCHJning noqonuniy faoliyatidan jabr ko‘rib, tergov organiga murojaat qilmagan fuqarolarimizni Tergov departamenti va uning hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlari kerakligini so‘rab qolamiz.

Maʼlumot uchun telefonlar: 71-231-30-97; 71-231-46-26; yoki 102

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech