Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Agar kalit o‘t oldirish joyida qoldirilmaganida, avtomashina olib qochilmasmidi?!

Toshkent viloyati. 2021 yil 07 fevral kuni soat 01:30 larda nomaʼlum shaxs Olmaliq shahar G‘.G‘ulom mahallasi A.Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning old tarafida turgan 23 yoshli Oyatulloh M., ga tegishli “Nexia 1” rusumli avtomashinaning kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganligidan foydalanib, nomaʼlum tomonga olib qochgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, “serebristiy xameleon” rangli “Nexia 1” rusumli avtomashina Toshkent viloyati Piskent tumani “Ko‘l-ota” MFY hududidan texnik soz holatda topilgan va ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 14 yoshli Samir T., va 15 yoshli Doston X., lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Samir T., va Doston X.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 2-qismi “B” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech