O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

291 tup “kannabis” parvarishlayotgan fuqaro aniqlandi

Jizzax viloyati. 2021 yilning 03 may kuni Zarbdor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” profilaktik tadbirida Zarbdor tumani Nurobod mahallasida yashovchi 66 yoshli N.Haydarning yashash xonadonining tomorqasi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasining 32 m2 maydonida jami 291 tup “kannabis” o‘simligini yetishtirayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.Haydarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

podpolkovnik S.S.Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech