O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazmdagi “samosud” chi ayollarga xukm o‘qildi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (bezorilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida, D.Karomat, D.Olma, D.Raʼno va R.Nargizalar bir guruh bo‘lib, 2020 yil 9 iyun kuni soat 22:40da, jamoat joyi hisoblangan Qo‘shko‘pir tumani “Oqdarband” qishlog‘i hududida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan O.Hamidani D.Karomatning o‘g‘lining oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab janjallashib, uni urib do‘pposlab, jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq xurmatsizlik qilayotganligini anglaganliklari holda H.Otaniyozovani kiyimlarini yirtib, qo‘llarida bo‘lgan tayoq bilan tanasining turli joylariga urib, qaychi bilan sochlarini kesib tashlab, qasddan bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilib, tegishli tartibda ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudining hukmiga ko‘ra, D.Karomat, D.Olma, R.Nargizalarga 1 (bir) yil 6 (olti) oy va D.Raʼnoga 1 (bir)  yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, jabrlanuvchi O.Hamidaning ularga nisbatan hech qanday daʼvosi yo‘qligi inobatga olingan.

Hurmatli fuqarolar o‘zingizni jabrlanuvchi his qilib ayblanuvchiga aylanib qolmang, o‘zingizga go‘yoki tegishli bo‘lgan haq huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirishga urinmang, har qanday vaziyatda ham tegishli davlat idoralariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech