O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti xodimlari Belorusiya Tergov qo‘mitasining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

Joriy yilning 18 dekabr kunidan 22 dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xodimlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Belorusiya Respublikasiga tashrif buyurib, Tergov qo‘mitasi va uning qo‘yi bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tergov departamenti vakillarining qo‘mitaga tashrifi chog‘ida, tergovchilarning vakolati, xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni yangi turlari va ularni fosh etish va tergov qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishib, Tergov qo‘mitasining Raqamli rivojlanish bosh boshqarmasi va qo‘mitaning Minsk shahridagi boshqarmasi faoliyatini o‘rganishdi.

Belorusiya markaziy tergov organining faoliyatini o‘rganishdan asosiy maqsad, qo‘mitaning jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati, tizimning raqamlashtirish tajribasi, dasturiy taʼminotlari hamda yangi turdagi jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy taktika va metodikalarni o‘rganish va milliy tergov amaliyotiga joriy etishdir.

Tashrif jarayonida, o‘zbek delegatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi adliya general-mayori D.Gora bilan uchrashib, tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va istiqbolli rejalar bo‘yicha suhbatlashib, ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr almashishdilar.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech