O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

11 yanvar yilning eng muloyim kuni sanaladi chunki ushbu kunda “Хalqaro rahmat kuni” nishonlanadi.

Avvaldan xushmuomalalik odob-axloqning ahamiyatlik jihatlaridan biri bo‘lib sanalgan, muomala madaniyatni kundalik hayotda ishlatish qanday pozitiv natijalar berishini hamma yaxshi biladi. Garchi hozirda bizlar o‘zimizning minnatdorchiligimizni ma'nosiga ahamiyat bildirmasak ham, ushbu gaplar biz uchun tasodifan va oddiy holga aylanib qolgan.

Minnatdorchilik so‘zlari sehrli ta'sirga ega, chunki ularning yordamida odamlar ijobiy his-tuyg‘ular, quvonch va bir-birlariga mehr yetqazishadi. Shu sababdan psixologlar iloji boricha yuzda tabassum qilgan holda tez-tez samimiy minnatdorchilikni aytishni tavsiya etishadi.

Butunjahon minnatdorchilik kuni YUNESKO va BMT tashabbusi bilan sayyora aholisiga xushmuomalalik, va o‘zgalarning hayrli ishlari uchun minnatdorchilik bildirish qobiliyatini eslatishni o‘ziga maqsad qilgan. 

 Yilning eng “minnatdor” kunini ko‘pchilik katta zavq bilan nishonlaydilar. Butunjahon rahmat kuni arafasida turli davlatlarda yaramarkalar, ma'rifiy tadbirlar, tanlovlar  va boshqa ko‘ngil ochar dasturlar o‘tqaziladi.

Butunjahon rahmat kuni juda yosh bayram bo‘lishiga qaramasdan, u allaqachon dunyodagi ko‘plab odamlar nishonlaydigan bayram turlariga kirib ulgurgan. Dunyo bo‘ylab ushbu bayramni hamma har bir kishi mustaqil usulda nishonlaydi, masalan kimdir ushbu kuni bo‘lib o‘tadigan fleshmoblarga qo‘shilsa, kimdir faqat qarindoshlariga minnatdorchilik bildirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikka harakat qiladi.

Unutmangki, minnatdorchilik so‘zlari sehrli xususiyatlarga ega - ularning yordami bilan odamlar bir-birlariga quvonch bag‘ishlaydilar, e'tiborni bildiradilar va ijobiy his-tuyg‘ularni yetkazadilar, ularsiz bizning hayotimiz mayus va qayg‘uli bo‘lgan bo‘lar edi.

Shuning uchun, iltifotli va iliq so‘zlaringizni yaqinlaringizdan ayamang, bu kuni Sizga yaqin bo‘lganlarga va o‘zingiz sevgan hamda qadrlaydigan insonlarga minnatdorchiligingizni bildiring.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech