O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Payshanba-“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida amalga oshirilgan ishlar

Joriy yilning 23-fevral kuni Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari tomonidan payshanba-“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida hududiy universitet, kollej, maktab hamda davlat tashkilotlariga profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Termiz Davlat universiteti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali, maktab va mahallalarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida ishtirokchilarga firibgarlik, talonchilik, bosqinchilik, giyohvandlik hamda axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi. Shu bilan birga tadbir davomida ishtirokchilarga mavzuga doir videoroliklar qo‘yib berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berilishi ta’minlandi.

 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech