Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

HАMKАSBLАRI VА SHOGIRDLАRI E'ZOZIDА

Kuni kecha koʼplab huquqshunoslarning sevimli ustozi, tergovchilik faoliyatida oʼziga xos maktab yaratgan IIV huzuridagi Tergov departamenti terrorizm va ekstremizm bilan bogʼliq jinoyatlarni tergov qilish boʼlimi katta tergovchisi, podpolkovnik Shuhrat Bekmurotov hamda shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish boʼlimi oʼta muhim ishlar boʼyicha tergovchisi, podpolkovnik Ikrom Hasanovlar hamkasblari va shogirdlari eʼzozida nafaqaga kuzatildi.

Uzoq yillar mobaynida mazkur sohada samarali xizmat qilgan bu insonlar oʼzining boy tajribasi va malakasi bilan tizimdagi yosh xodimlarga namuna boʼlib kelayotgani ayni haqiqatdir. Chunki, ular qaysi lavozimda faoliyat yuritmasin avvalo, xalq manfaatini va osoyishtaligi yoʼlida kerak boʼlsa, jonini ham fido qilishga tayyor edi.

Oʼziga adolat va halollikni shior qilgan osoyishtalik posbonlarning hayot yoʼli bilan yaqindan tanishar ekansiz, faqatgina undan ibrat olasiz. Аyniqsa, ulardagi fidoyilik va mehnatkashlik xislatlari barchani lol qoldirar edi.

Shu boisdan, el suygan bu insonlar qaerda va qaysi lavozimda xizmat qilmasin, odamlarning ichiga kirib, ularning dardu tashvishlarini bartaraf etishda beminnat yordam koʼrsatardi. Shu sababli ham Shuhrat Bekmurotov va Ikrom Hasanovlarni bilgan va taniganlarning hammasi qattiq hurmat qilishadi.

Shunday ekan, odillik va haqiqat yoʼlidagi sharafli va masʼuliyatli faoliyati uchun bu kabi fidoyi va vatanparvar insonlarga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.

Zero, ular hech qachon gʼam chekmasdan, doimo, sihat-salomatlikda boʼlishni tilab qolamiz!!!

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech