O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

HAMKASBLAR XOTIRASI – BARHAYOT

Ichki ishlar organlarida xizmat qilib, el-yurt osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissa qo‘shgan, ammo taqdir taqozosi bilan vafot etgan xodimlarning nomi hech qachon hamkasblari, yaqinlari tomonidan unutilmaydi.

Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mansur Sattarov hayotdan bevaqt ko‘z yumgan tergov xizmati xodimlarining oilasidan xabar oldi.

Marhum hamkasblarning yaxshi fazilatlari yod etilib, ularning farzandlariga ezgu tilaklar bildirildi.

Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech