O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Joriy yilning olti oyi sarhisob qilindi

Kuni kecha, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida Tergov departamentining 2022 yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi yuzasidan videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov so‘z avvalida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan lavozimga tayinlangan xodimlarni shaxsiy tarkibga tanishtirdi hamda tergov tizimida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan podpolkovnik Qarshiyev Akram Sattorovichni isteʼfoga chiqqanligini shaxsiy tarkibga eʼlon qilib, Akram Sattorovichni kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Jalolov, IIV Akademiyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, isteʼfodagi polkovnik A.Sharafutdinov hamda Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sharipovlar Akram Sattorovichga o‘zlarining samimiy tilaklarini yetkazdilar.

Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismiga o‘tilib, hisobot vaqti davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda tizimda vujudga kelgan salbiy holatlar tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov so‘zini davom ettirib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda tizimda vujudga kelgan salbiy holatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida, tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berildi hamda xizmat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan protsessual xato va kamchiliklari yuzasidan bir guruh xodimlarga tegishli intizomiy taʼsir choralari eʼlon qilindi, ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, samarali mehnat qilib kelayotgan 82 nafar xodimlarga tashakurnomalar eʼlon qilinganligini maʼlum qilindi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muallif: Tergov departamenti Kadrlar bo‘linmasi

muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori

podpolkovnik S.R. Xudoyarov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech