O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tursunzodaliklar O'zbekiston Prezidentini tantana bilan kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi. Shaharga kiraverishda minglab aholi jam bo'lib, davlatimiz rahbarini katta xursandchilik, tantana bilan kutib oldi. Milliy kuy-qo'shiqlar, raqslar ijro etildi. O'zbekiston Prezidentining qo'shni davlatlar bilan ochiqlik, bag'rikenglik siyosati hamma tojikistonliklar qatori Tursunzoda aholisiga ham katta quvonch bag'ishlagan.

Shavkat Mirziyoevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog'ida imzolangan Davlat chegarasi bo'yicha shartnoma hamda Fuqarolarning o'zaro qatnovi to'g'risida bitim xalqlarimiz hayotida ulkan ahamiyatga ega bo'ldi. Chegaradan o'tkazish punktlari faoliyati qayta tiklangani, aholining bordi-keldisi uchun o'ttiz kungacha vizasiz tartib joriy etilgani, avtotransport va samolyotlar qatnovi yo'lga qo'yilgani odamlarga keng qulayliklar yaratmoqda.

Prezidentimiz “O'zi davlat nima uchun kerak? Odamlarga sharoit yaratish, xalqqa xizmat qilish uchun kerak” deya ko'p ta'kidlaydi. Bugun davlatimizning ichki va tashqi siyosati, jumladan, qo'shni mamlakatlar bilan munosabatlaridagi o'zgarishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech