O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Vazir o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib, Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan shaxsiy va sayyor qabullar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, 25-aprel kuni Vazir o‘rinbosari R.Ashropov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, aholining mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida, jami 145 nafar fuqarolarning 126 dan ortiq murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlarning 89 tasi tergov va surishtiruv faoliyati, 6 tasi tergovga qadar tekshiruv, 1 tasi xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan va 30 tasi ichki ishlar organlariga oid boshqa masalalarni tashkil etadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar aholisi uchun shaxsiy qabul onlayn shaklda ham tashkil etilib, onlayn shaklda kechgan qabul davomida Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.

Shaxsiy qabul davomida Vazir o‘rinbosari hamda mas’ul rahbar va xodimlar tomonidan fuqarolar bilan ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. Xususan, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar qabul qilinib, ularni qonuniy va tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 34 tasi yoki 27 foizi shu joyning o‘zida qanoatlantirildi, 20 tasi yoki 16 foizi bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qolgan 72 ta murojaat yoki 57 foizi qo‘shimcha o‘rganish talab etganligi sababli ijroga yo‘naltirilib, o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Aholi bilan bunday ochiq muloqot va shaxsiy qabullar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech