O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning navbatdagi shaxsiy qabuli videokonferensaloqa rejimi orqali o‘tkazildi

Joriy yilning 24 iyun kuni vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabulini Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 6 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi xodimning noo‘rin xatti-harakatlaridan norozilik masalasida, 2 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasi, 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasi, 1 tasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘liq olib borilmaganligi masalasi hamda 1 tasi murojaati to‘liq ko‘rib chiqilmayotganligidan norozilik masalalarini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaatlari ijroga qaratildi.

Shu bilan birga, eslatib o‘tamiz tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A.Toirovning (90) 508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech