O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida Otabek Mahkamovning kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25 iyul kuni videokonfrensaloqa rejimi orqali Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida huquqshunos va kino aktyor Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida muallif tomonidan kitobda hayot, uning dardlari, quvonchlari, fojialari, yo‘qotishlari va g‘alabalari haqida so‘z yuritilib, barcha zamon va xalqlarga xos mushohadalar, tarixiy misollar hamda hikmatli so‘zlar o‘rin olganligi taʼkidlangan holda, kitob qahramonlari orasida 52 ta davlatda dunyoning eng mashhur va o‘zining kasbi bo‘yicha ekspert bo‘lgan 100 nafar davlat va jamoat arboblari, jurnalistlar, rejissyorlar, yozuvchilar va boshqa shu kabi insonlar bilan tanishuvlar bayon etilganligi yoritildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar va muallif o‘rtasida kitobga oid mavzu doirasida savol-javoblar o‘tkazildi.

Taqdimot yakunida Tergov departamenti rahbariyati tomonidan muallif O.Mahkamovning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan holda, esdalik sovg‘alar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech