O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2022 yil 10 oyi yakunlari sarhisob qilindi

Kuni kecha, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov raisligida vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2022 yil 10 oyida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasi bo‘yicha videokonferensaloqa tizimi orqali tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tezkor yig‘ilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar tahlil etilib, xizmat intizomi bilan bog‘liq holatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda ayrim rahbarlarning faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish raisi Ya.Abdulxakov tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la

va xolisona tergov qilish, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini taʼminlash hamda tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Muhokama va tahlillardan kelib chiqib, mutasaddi rahbarlar oldida turgan eng muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Муаллиф: Бўлим бошлиғи

майор О.Х. Валихонов

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech