O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zaro tajriba va muloqot

IIO tizimida o‘zaro hamkorlikni taʼminlash bo‘yicha boshqarma va bo‘limlar, sohaviy xizmatlar o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa, tizimning zamon talablariga mos ravishda rivojlanishiga, xalqchil va professional tuzilmaga aylanishiga xizmat qiladi.

IIV rahbariyati topshirig‘iga asosan joriy yilning 27 aprel kuni Andijon va Namangan viloyatlari IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbar hamda xodimlari Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari ish faoliyati bilan tanishib, tajriba almashishdi.

Uchrashuv davomida tergov faoliyatida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ishtirokchilar katta taassurot olishdi.

Shuningdek, mehmonlar viloyatning diqqatga sazovor joylarida bo‘lishib, hududlar tarixi va madaniyati haqida qiziqarli maʼlumotlarga ham ega bo‘ldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech