Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari o‘rtasida tajriba almashuvi bo‘lib o‘tdi

2021 yil 01 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ishchi guruhida bo‘lgan Toshkent shahar IIBB YHXB katta inspektori mayor M.T.Xaytmetov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik A.M.Utemuratov ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tajriba almashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, Toshkent shahar IIBB YHXB katta inspektori mayor M.T.Xaytmetov, yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari va ko‘p sodir etiladigan YTH joylari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Toshkent shahar amaliyotida sodir etilgan muammoli yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, tayinlanadigan ekspertiza turlari va ekspertlarga hal qilish uchun qo‘yiladigan savollar bo‘yicha keng tushuntirishlar berdi.   

Uchrashuvda tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, uchrashuv qizg‘in muhokama va mulohazalarga boy bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech