O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 15 mart kuni, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi xodimlari ishtirokida Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Termiz Davlat universiteti “Sport faoliyati va boshqaruvi” fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida maʼruzachilar tomonidan korrupsion jinoyatlarning kelib chiqishiga sharoit yaratuvchi sabab va omillar, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari hamda jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xususan tadbirda so‘zga chiqqan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Kadrlar guruhi katta inspektori mayor Sh.Rahimov korrupsion jinoyatlarni sodir etilishida talaba yoshlarning ishtirok etayotganligi achinarli ekanligini aytib bu borada yig‘ilish ishtirokchilarga amaliy misollar keltirdi.    

Tadbir yakunida maʼruzachilar talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.   

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech