O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchilarning nazariy va amaliy salohiyatini yaxshilash maqsadida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan tasdiqlangan o‘quv-seminarlar rejasiga asosan, joriy yilning 16 mart  kuni Tergov departamenti masʼulligida “Murakkab va ko‘p epizodli jinoyat ishlarini tergov qilishning o‘ziga xos hususiyatlari, metodikasi, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi viloyatlararo o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida Oliy sud, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, advokatlar palatasi masʼullari mavzuga doir maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.   

Seminar Ichki ishlar vazirligi tergov bo‘linmalari xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etishdi.

Seminarda mavzuga doir qo‘llaniladigan yangicha usul va uslublar haqida tushunchalar berib, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, shaxslarning harakatlarini to‘g‘ri malakalash, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va unda eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan holatlarga to‘xtalib, maʼruzada mavzuga oid slayd va boshqa qo‘llanmalardan foydalangan holda to‘liq ochib berildi hamda o‘quv mashg‘uloti davomida yig‘ilish qatnashchilari bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida o‘zaro fikr almashilib, yig‘ilish o‘zaro savol-javoblar bilan o‘z nihoyasiga yetdi. 

O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech