O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergovchilar Farg‘ona Davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar

Yosh avlodni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish juda muhim.

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona Davlat universiteti talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Uchrashuvlarda, o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, bezorilik, kiber jinoyatlar hamda tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazish kabi qilmishlarga Jinoyat kodeksida muqarrar javobgarlik belgilanganligi tushuntirildi.

Talabalar boshqa fan darsliklari qatorida, huquqiy bilimlarini ham muntazam mustahkamlab borishga chorlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech