O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirish maqsadida “Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari", “Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini tergov qilish usullari” hamda “Kriminalistik-texnik vositalardan foydalanish” mavzularida viloyatlararo o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishdi. Tadbir davomida Bosh prokuratura Akademiyasi yuridik fanlar doktori professor Astanov Istam Rustamovich va katta o‘qituvchisi Mirzayev Faxriddin Ziyatovichlar o‘quv mashg‘ulotida maʼruzachilar sifatida ishtirok etishdilar.

O‘quv semirani yakuniga ko‘ra tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etishdi.

Muallif: Tergov departamenti

katta inspektor S.R.Sobirjanov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech